O‘zbekistonda O‘RI ko‘rsatkichlari epidemik ko‘rsatkich darajasidan past — Sanepidqo‘mita

O‘zbekistonda o‘tkir respirator infeksiyalar (O‘RI) bo‘yicha epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, kasallanish ko‘rsatkichi ko‘p yillik darajadan 36,5 foizga past ekani qayd etildi. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.
Unga ko‘ra, Rossiya va qo‘shni davlatlarda mavsumiy ko‘tarilish kuzatilayotgani sababli aviaqatnovlar, mehnat migratsiyasi va xizmat safarlari orqali infeksiya kirib kelish xavfi mavjud. Shu bois mamlakatda vaziyat muntazam nazorat ostiga olingan.
Gripp va O‘RI viruslarining aylanishini aniqlash uchun 15 ta virusologiya laboratoriyasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu laboratoriyalarda gripp va grippga o‘xshash kasalliklarni tashxislash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda eng yuqori kasallanish ko‘rsatkichi 0-1 yoshli bolalarda kuzatilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi xabarlar asossiz ekanligi haqida yozgandi.