
Apple o‘n yildan ortiq vaqt davomida MacBook’lariga sensorli ekran qo‘shishga qarshilik qilib kelgan edi, biroq bu siyosat tez orada o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.
Mashhur tahlilchi Ming-Chi Kuo ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya birinchi OLED displeyli va to‘liq sensorli ekranli MacBook Pro ustida ishlamoqda. Qurilma 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.
Apple bundan oldin MacBook’larda sensorli tajribani faqat Touch Bar orqali sinab ko‘rgan edi. 2016-yilda taqdim etilgan ushbu kichik oynali panel 2023-yilda MacBook Pro 13 M2 modeli bilan birga ishlab chiqarishdan chiqarildi. U foydalanuvchilarga qo‘shimcha boshqaruv imkoniyatini bergan bo‘lsa-da, hech qachon to‘liq sensorli ekran o‘rnini bosa olmadi.
Kompaniya 2025-yilda M5 protsessoriga ega MacBook Pro‘larni taqdim etishi, undan keyin esa yangi M6 chipli OLED modellari chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa MacBook dizayni yaqin ikki avlod ichida keskin o‘zgarishi mumkinligini anglatadi.
Apple uchun bu qadam mantiqan to‘g‘ri ko‘rinadi, chunki iPhone va iPad foydalanuvchilari uchun teginish, surish va qisqartirish odatiy bo‘lsa-da, MacBook hali ham klaviatura va trekpadga tayanmoqda. Ayniqsa yosh foydalanuvchilar har bir ekran sensorli bo‘lishini kutishi inobatga olinsa, sensorli MacBook bozorda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple iOS 26 foydalanuvchilarga taqdim etilgani haqida yozgan edi.