21 ming dollarlik Chery Fulwin X3L taqdim etildi

19-sentabr 2025 07:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery Fulwin X3L
21 ming dollarlik Chery Fulwin X3L taqdim etildi / Foto: Autohome

Chery kompaniyasi tomonidan yangi Chery Fulwin X3L avtomobili taqdim etildi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda. Mashina to‘rt xil komplektatsiyada chiqadi. Narxi $21 mingdan boshlanadi.

Avtomobil 1,5 litrli turbomotor asosidagi gibrid tizim bilan ishlaydi. Oddiy versiyada 251 ot kuchiga ega bitta elektromotor, yuqori toifalilarda esa 428 ot kuchiga ega ikkita elektromotor o‘rnatilgan. Kuchli versiya 100 km/soat tezlikka 4,7 soniyada chiqadi. Batareya sig‘imi 33,68 kVt/soat bo‘lib, faqat elektrda 215 km yuradi, umumiy zapas esa 1200 km. Qimmat versiyalar adaptiv osma tizimiga ega.

Foto: Autohome

Fulwin X3L dizayni keskin chiziqlardan iborat, L shakldagi faralar bilan jihozlangan. Uning o‘lchamlari 4545x1950x1815 mm, bazasi 2783 mm. Yo‘l balandligi 225 mm, bordan chiqish burchaklari 22° va 30°. Mashina 625 mm chuqurlikdagi suvdan ham o‘ta oladi.

Foto: Autohome

Ichki qismi ikki rangli. Salon katta 15,6 dyuymli ekran va Snapdragon 8155 chipiga ega multimedia tizimi bilan jihozlangan. Old o‘rindiqlarni elektr orqali sozlash imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qozog‘istonda Chery avtomobillari keskin arzonlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek