Bir qator hududlarda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari fosh etildi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi
Jizzax, Surxondaryo va Toshkentda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari fosh etildi / Foto: DXX

O‘zbekistonning bir necha hududida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlandi. Bu haqda DXX amtbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Jizzax viloyatida Davlat kadastrlari palatasi tuman filial boshlig‘i o‘z turmush o‘rtog‘i nomiga ajratilgan 42 sotix yer maydonini noqonuniy sotishga uringan va buning evaziga $28 ming talab qilgan. U pulni olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Surxondaryoda esa fuqaro va kadastr muhandisi birgalikda 40 sotix yer maydonini 200 mln so‘mga sotishga uringan. Bundan tashqari, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 4 mln so‘m olgan vaqtida ular ham fosh etilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyatida mahalla raisi 1 gektardan ortiq yer maydoni va xonadonni rasmiylashtirish uchun $150 ming so‘rab, 50 mingini olayotganida ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda hokim yordamchisi pora bilan ushlangan edi.

Shuningdek