O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston 29 mamlakat bilan muzokaralarni yakunladi
Foto: Azizbek Urunov

Jenevada O‘zbekiston Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan JSTga kirish bo‘yicha ikki tomonlama bayonnomalarni imzoladi. Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunov LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Bundan tashqari, yana ikki JST a’zosi bilan asosiy kelishuvlarga erishildi. Ushbu hujjatlar O‘zbekistonning a’zolik muzokaralarini olg‘a siljitish bilan birga, yangi iqtisodiy hamkorlik yo‘llarini ochadi, savdo aloqalarini diversifikatsiya qiladi va turli mintaqalardagi hamkorlar bilan biznes aloqalarini mustahkamlaydi.

Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston 29 mamlakat bilan muzokaralarni yakunladi, yana 2 davlat bilan asosiy kelishuvlarga erishilgan, va endi to‘liq ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash uchun atigi 3 mamlakat qoldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shveysariya bilan JST bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek