Haydovchilik guvohnomasini onlayn tiklash imkoniyati yaratildi

eʼlon qilindi
Xizmat narxi – 370 800 so‘m
O‘zbekiston haydovchilari
Haydovchilik guvohnomasini onlayn tiklash imkoniyati yaratildi. Foto: Facebook

Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotib qo‘yganlar endi uni yangilash uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

Buning uchun my.gov.uz saytidagi «Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish» xizmatidan foydalanib, «Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash» bo‘limida ariza yuborishi lozim.

Xizmat narxi – 370 800 so‘m. Guvohnomani pochta orqali olishni istaganlar, qo‘shimcha 25 000 so‘m to‘lov qilishi kerak. Yangi guvohnoma onlayn tartibda bir ish kuni ichida, pochta orqali esa uch ish kuni ichida yetkaziladi.

Ariza quyidagi hollarda rad etiladi:

  • guvohnoma haqidagi ma’lumot tizimda tasdiqlanmasa;
  • transport boshqaruvchisi haydovchilik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa;
  • transportni mast holatda boshqarish va buni tekshirtirishdan bo‘yin tovlash bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moped va skuter egalariga muhim eslatma bergandi. Unga ko‘ra, 1-oktabr sanasiga qadar barcha haydovchilar «A» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi, transport vositalari esa davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi zarur.

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun egasi yoki vakili quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ishonchnoma;
  • belgilangan ariza, texnik tavsiflar (agar mavjud bo‘lsa);
  • mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
  • davlat raqami va guvohnoma olish uchun to‘lovni tasdiqlovchi kvitansiya.
Shuningdek