O‘zbekistonda yil boshidan buyon 17 mingdan ziyod oltin quymalari sotildi
eʼlon qilindi
O‘tgan yilga nisbatan 20,9 foizga ko‘p

2025-yilning 8 oyida O‘zbekistonda 17 387 ta jami hajmi 380 kilogramlik oltin quymalari sotildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilayotgan media muloqotda ma’lum qilindi.
2024-yilda bu ko‘rsatkich 14 382 ta (236 kg)ni tashkil etgan bo‘lib, 2023-yilga nisbatan 2,5 baravarga o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek, o‘lchovli oltin quymalar savdosini 2020-yil bilan taqqoslaganda esa o‘sish qariyb 6 baravardan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 19-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bozorida investitsion oltin quymalari narxlari quyidagicha:
- 5 grammlik oltin quymasi — 7,393 mln so‘m
- 10 grammlik oltin quymasi — 14,786 mln so‘m
- 20 grammlik oltin quymasi — 29,572 mln so‘m
- 50 grammlik oltin quymasi — 73,931 mln so‘m
- 100 grammlik oltin quymasi — 147,862 mln so‘m
Avvalroq «Kursiv» nashri 17-yanvardan Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarini sotuvga chiqarishi haqida yozgandi.