Termizda sudya yordamchisi pora sabab qamoqqa olindi

eʼlon qilindi
$800 olayotganda
Termizda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi
Termizda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi. Foto: ochiq manba

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining sudya yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, ma’muriy ish bo‘yicha huquqbuzarga yengillik yaratishni va’da qilgan. U dastlab 500 ming so‘m olgan, keyinchalik esa qo‘shimcha $800 talab qilgan. DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda u qarindoshi vositasida $800 olayotganda qo‘lga olindi.

Sudya yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda hakamlik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlangandi. Unga ko‘ra, fuqaro Tеrmiz shahrida yashovchi fuqaroni tanishlari orqali viloyat bojxona boshqarmasida ishga joylashtirish evaziga ming dollar talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek