Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinish tartibi qanday

eʼlon qilindi
Mehnat huquqiga muvofiq
Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinish tartibi qanday / Foto: Bss

O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatiga faqat davlat tilini biladigan, belgilangan malaka va boshqa talablarni qondiradigan fuqarolar qabul qilinadi. Bu orqali davlat xizmatining professional va mas’uliyatli bo‘lishi ta’minlanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar davlat xizmatiga qabul qilinmaydi, bundan malaka talablarida boshqacha qoida belgilangandagina istisno bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar ham bu tizimda faoliyat yurita olmaydi.

Sud qarori bilan davlat xizmatida ishlash huquqidan mahrum qilinganlar, korrupsiyaga oid jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar ham lavozimni egallash imkoniga ega emas.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan fuqarolarga ham davlat xizmatiga kirishga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, tibbiy xulosaga ko‘ra, sog‘lig‘i davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga yaroqsiz deb topilgan shaxslar ham davlat xizmatiga qabul qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliy kadrlar zaxirasiga kirish tartibi haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek