Bundesliga. «Bavariya» Harri Keynning xet-triki evaziga safarda muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi

20-sentabr 2025 21:02 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Germaniya Bundesligasining 4-turidan oʻrin olgan bahsda «Bavariya» safarda «Hoffenhaym» mehmoni boʻldi va yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab 44-daqiqada Harri Keyn hisobni ochdi. 48-daqiqada angliyalik hujumchining o‘zi penaltini aniq amalga oshirdi. 77-daqiqada esa Keyn xet-trik qayd etdi.

82-daqiqada Vladimir Koufal mezbonlarning yagona javob to‘piga mualliflik qilgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Serj Gnabri ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.

Shu tariqa «Bavariya» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 12 ta yetkazib olib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Hoffenhaym» esa 6 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga. 4-tur

«Hoffenhaym» — «Bavariya» 1:4

Gollar: Koufal (82) — Keyn (44, pen. 48, 72), Gnabri (90+9).

Hoffenhaym — Bauman, Koufal (Akpoguma, 82), Hranach, Haydari, Bernardo, Toure, Avdullahu (Tohumku, 82), Burger (Promer, 78), Prass, Asllani (Beou, 78), Damar (Kramarich, 66).

Bavariya — Noyer, Boey (Bischof, 86), Ta, Kim (Upamekano, 69), Laymer, Goretska (Kimmix, 62), Pavlovich, Karl (Olise, 62), Keyn, Dias, Jekson (Gnabri, 62).

Shuningdek