OPL. «Sabah» oʻz maydonida ishonchli gʻalabaga erishdi, Rahmonaliyev 90 daqiqa oʻynadi

21-sentabr 2025 01:38 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: «Sabah» matbuot xizmati

Ozarbayjon Premyer-ligasining 5-turidan oʻrin olgan bahsda Umarali Rahmonaliyev toʻp suradigan «Sabah» oʻz maydonida «Turon»ni qabul qildi va yakunda 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.

Dastlab, hisob 56-daqiqada Veljko Simich tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Pavol Sofranko jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Umarali Rahmonaliyev ushbu bahsda «Sabah»ning asosiy tarkibidan joy oldi va toʻliq maydonda harakat qildi.

Shu tariqa, «Sabah» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o’ringa koʻtarilib oldi. «Turon» esa 9 ochko bilan 4-o’rinda qoldi.

Ozarbayjon Premyer-ligasi. 5-tur
«Sabah» — «Turon» 2:0
Gollar: Simich (56), Sofranko (90+7).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» APLning 5-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Chelsi»ni mag‘lub etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek