Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi — foto

eʼlon qilindi
BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQSh prezidentining global sherikliklar boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq soʻzlaydi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, AQShning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev AQShga joʻnab ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek