Buyuk Britaniyada o‘zbekistonlik ishchilarning huquqlari kuchaytiriladi

Londonda O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev va Buyuk Britaniya «Mehnat ta’minotchilari uyushmasi» (ALP) rahbari Devid Kemp uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Muloqot chog‘ida qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sohalarida ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, noqonuniy agentliklardan saqlash, ish haqi va mehnat sharoitlarini qonuniy kafolatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavsumiy mehnat vizalari asosida ishchilarni jalb qilish jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish, ularga huquqiy va axborot ko‘magini kuchaytirish hamda ikki tashkilot o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Germaniya iqlim, energetika va investitsiya sohalarida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.