GAC Trumpchi S9 gibrid avtomobili sotuvga chiqdi

22-sentabr 2025 10:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GAC Trumpchi S9 gibrid avtomobili
GAC Trumpchi S9 gibrid avtomobili sotuvga chiqdi / Foto: Autohome

Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi GAC tomonidan GAC Trumpchi S9 gibrid avtomobili savdoga chiqarildi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» xabar bermoqda.

Yangi krossover to‘rtta komplektatsiyada taqdim etilgan bo‘lib, narxi 229,8 ming yuandan 259,8 ming yuangachani ($32 ming – $36 ming) tashkil qiladi.

Foto: Autohome
Foto: Autohome

Trumpchi S9 minimalistik old optikasi, tomdagi lidar va avtomatik chiqib keladigan eshik tutqichlari bilan ajralib turadi. Salon esa besh yoki olti o‘rindiqli variantlarda bo‘ladi. Orqa yo‘lovchilar uchun alohida ekranlar ham qo‘yilgan.

Foto: Autohome

Model 1,5 litrli benzinli motor va ikkita elektromotordan iborat gibrid tizimga ega. Umumiy quvvati 500 ot kuchini tashkil qiladi. Batareya faqat elektr rejimida 252 km masofa, umumiy hisobda esa 1200 km yo‘l bosishni ta’minlaydi. Mashinaning o‘lchamlari 5060×1950×1760 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 2930 mm. Bu ko‘rsatkichlari uni Li Auto L9’ning bevosita raqibiga aylantiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan L7 avtomobiliga raqobatchi GAC Haobo HL Extended-Range taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek