Biznes-ombudsman Qurilish vazirligi shikoyat qilgan tadbirkor holatini nazoratga oldi

eʼlon qilindi
Tadbirkorning tanqidiy fikrlari uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Foto: Videodan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilish sohasidagi korrupsion holatlar haqida fikr bildirgan tadbirkor Usmonjon Abdusamadovga nisbatan bosim bo‘layotgani haqidagi xabarlar ortidan holat Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olindi.

Unga ko‘ra, tadbirkorning tanqidiy fikrlari uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday holatlar ta’qib sifatida baholanadi. Har bir tadbirkorning erkin faoliyat yuritishi va huquqlari qonun bilan kafolatlangan.

Biznes-ombudsman barcha davlat organlarini tadbirkorlarning fikrlarini tinglashga va biznes yuritishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etishda konstruktiv yechimlarni birgalikda izlashga chaqirdi.

Tadbirkorlarning ochiq fikr bildirishlari va tanqidiy mulohazalari hukumat islohotlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois soha rivoji yo‘lida bildirilgan fikrlar jazoga sabab bo‘lmasligi, aksincha muammolarni hal etish uchun imkoniyat sifatida qaralishi kerak.

Voqealar xronologiyasi

29-avgust kuni qurilish sohasi tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida o‘zini bir nechta qurilish kompaniyalari rahbari sifatida tanishtirgan Usmonjon Abdusamadov bir qator da’volar bilan chiqqandi. Jumladan, u Toshkentda bitta uy uchun $200 minggacha xarajat bor degan so‘zlari bilan jamoatchilik orasida asossiz axborot tarqalishiga sabab bo‘ldi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qurilish sohasida asossiz rad etishlar mavjudligi va korrupsiyaviy holatlar haqidagi fikrlar bo‘yicha izoh berdi.

«Birinchidan, qurilish sohasiga oid barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar belgilangan tartibda elektron tarzda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha mablag‘ talab qilinishi mumkin emas», deyilgan izohda.

So‘ng Kadastr agentligi ham rasmiy bayonot bilan chiqdi.

«Videoda tadbirkor tilga olgan qurilish uchun ruxsatnoma berish ishlarida kadastr idoralari ishtirok etmaydi! Shuningdek, fuqaro ba’zi jarayonlarni chalkashtirmoqda. Tadbirkor yer sotib olgandan so‘ng kadastr idoralari faqat yerga bo‘lgan huquqini ikki ish kunida ro‘yxatdan o‘tkazib beradi va bu ruxsatnoma berish jarayoni emas.

Kadastr idoralari barcha qurilish ishlari tugallanganidan so‘ng ko‘chmas mulkni o‘lchab, kadastr pasportini shakllantirib beradi va tegishli tashkilotlar tomonidan foydalanishga ruxsatnoma berilganidan so‘ngina ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi», deyiladi bayonotda.

Keyin Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bu holat xodimlarning sha’ni va obro‘siga putur yetkazganini qayd etib, tadbirkorga nisbatan huquqiy baho berish va tegishli javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligiga rasmiy ariza taqdim etdi.

Shuningdek