O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha uchta xalqaro konvensiyaga qo‘shildi

eʼlon qilindi
Hujjatlarni topshirish marosimi Nyu-Yorkdagi XAEA vakolatxonasida o‘tkazildi
O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha uchta xalqaro konvensiyaga qo‘shildi. Foto: ochiq manba

O‘zbekiston yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikka oid uchta asosiy xalqaro konvensiyaga qo‘shildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu konvensiyalar:

  • Yadro avariyasi haqida erta xabardor qilish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • Yadro avariyasi yoki radiologik favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya.

Xabarga ko‘ra, hujjatlarni topshirish marosimi Nyu-Yorkdagi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) vakolatxonasida o‘tkazildi. O‘zbekiston nomidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov qatnashdi.

Foto: «Dunyo» AA

XAEA bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonning bu qarorini yuqori baholab, 2024-yil dekabr oyidagi Toshkentga tashrifi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan konvensiyalarga qo‘shilish masalasi muhokama qilingani va ushbu qaror davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida amalga oshganini ta’kidlagan.

Grossining aytishicha, O‘zbekiston atom energetikasi sohasida, jumladan, yirik atom elektr stansiyasi va kichik modulli reaktorlar qurilishi bo‘yicha rejalarni faol ilgari surmoqda. Bundan tashqari, Qirg‘iziston va Bangladesh ham mazkur konvensiyalarga qo‘shilish hujjatlarini taqdim etgan.

Avvalroq O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va XAEA bosh direktori Rafael Grossi o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yo‘l xaritasi imzolangandi.

Shuningdek