Joriy yildan super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

eʼlon qilindi
4,05 balldan ko‘proq yetmagan abituriyentlar uchun
Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
Joriy yilda «super» kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi. Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) mustaqil belgilaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra:

  • Qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun to‘lov miqdori Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarorida belgilangan tartib asosida aniqlanadi;
  • 4,05 balldan ko‘proq yetmagan abituriyentlar uchun esa to‘lov miqdori bazaviy to‘lov-kontraktning kamida uch barobari miqdorida rektor (direktor) tomonidan belgilanadi.

Barcha oliy ta’lim muassasalari joriy yil 25-sentabrga qadar bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini e’lon qiladi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar 2025-yil 31-oktabrgacha bir yillik o‘qish qiymatining kamida 50 foizini to‘lashlari mumkin.

Shuningdek, tanlovda boshqa yo‘nalish bo‘yicha grant yoki to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar istasa, o‘zlari tanlagan birinchi ustuvor yo‘nalishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish huquqiga ega bo‘ladi (maqsadli qabul bundan mustasno).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan rektorlar vakolatlari kengayishi haqida xabar bergandi. Ya’ni rektorlar o‘z yordamchilarini o‘zi tayinlaydi, bu lavozimlarga tayinlov uchun endi vazirlik bilan kelishish talab etilmaydi. Nomzodlar OTM kengashida o‘z yillik dasturini himoya qilishi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, rektorlar o‘zlari tasarrufidagi moliyaviy va shtat resurslarini mustaqil ravishda taqsimlaydi. «Super» kontrakt narxlarini tabaqalashtirib belgilash vakolati ham rektorlarga topshiriladi.

Shuningdek