5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 7,6 mln so‘mdan oshdi

23-oktabr kuni 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 7,6 mln so‘mdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 10 grammli quyma 14,938 mln so‘mdan 15,219 mln so‘mga, 20 grammli quyma 29,877 mln so‘mdan 30,438 mln so‘mga ko‘tarildi.
Shuningdek, 50 grammli quyma 76,094 mln so‘m, 100 grammli esa 152,188 mln so‘mni tashkil etdi. Bir gramm oltinning qiymati 1,521 mln so‘m bo‘lib, bir kunda 1,9 foizga oshdi.
Joriy paytda dunyo bozorida oltinning bir unsiyasi $3747 (ya’ni 1 gramm uchun $120,47) darajasida sotilmoqda. Bu ko‘rsatkich AQSh Federal rezerv tizimining foiz stavkalarini 4–4,25 foizgacha pasaytirishi ortidan shakllandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda yil boshidan buyon oltin eksporti hajmi 8,4 mlrd dollarni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.