O‘zbekistonda shovqin solmaslik vaqti bir soatga uzaytirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda jimlik saqlanishi kerak bo‘lgan vaqt 23:00 dan 07:00 gacha uzaytirilmoqda. Deputatlar tomonidan «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qilishda ma’qullandi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, dam olish va bayram kunlari kechasi soat 22:00 dan ertalab 09:00 gacha baland ovoz chiqarish, musiqani qattiq qo‘yish yoki tinchlikni buzish mumkin emas.
Ma’lumot uchun, avval shovqin va kuchli ovoz 23:00 dan 06:00 oralig‘ida cheklangan edi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar ichida qurilish va ta’mirlash ishlari ham cheklanadi. Endi bunday ishlarni faqat ish kunlari ertalab 09:00 dan kechki 18:00 gacha qilishga ruxsat etilishi kutilmoqda
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonda bank ombudsmani instituti tashkil etilishi haqida yozgan edi.