Alisher Qodirov: Pedagoglar uchun pensiya yoshini 50 yosh etib belgilash kerak
eʼlon qilindi
Deputat pedagoglarni og‘ir sharoitda ishlashini qayd etgan

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov pedagoglar uchun pensiya yoshini 50 yosh qilib belgilash kerakligini qayd etdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
«O‘qituvchilarga 50 yoshdan keyin pensiya beraylik dedik, nimaga? O‘qituvchi tamom bo‘ladi. Uchuvchiga berasiz 45 yoshdan keyin, maxsus xizmat xodimiga berasiz 45 yoshdan keyin. Nimaga? Ular og‘ir sharoitda ishlagani uchun, pedagog og‘ir sharoitda ishlamaydimi? 50 bolani qarshisida 3 yili 30 yildek o‘tadi», degan Qodirov.
Avvalroq 1-oktabrdan pensiyalar oshirilishi haqida yozgan edik.