«Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Dembele, 22 ta samolyot xarid qilgan Uzbekistan Airways — 23-sentabrning muhim voqealari

eʼlon qilindi
Dollar 86,10 so‘mga tushdi
Загрязнение воздуха в Ташкенте
23-sentabrning muhim voqealari. Foto: Dilyara Sirojiddinova / Kursiv Uzbekistan

Usmon Dembele «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi, Uzbekistan Airways samolyotlar parkini 22 taga kengaytiradi, O‘zbekiston Qozog‘istondan benzin sotib olmoqda, dollar 86,10 so‘mga tushdi — Kursiv Uzbekistan tomonidan 23-sentabrning eng muhim voqea va hodisalari bitta materialga jamlandi.

Rasman: Usmon Dembele — 2025-yilgi «Oltin to‘p» sohibi

Fransiyaning Parij shahrida «Oltin to‘p – 2025» topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. «PSJ» klubi hujumchisi Usmon Dembele 2025-yilgi «Oltin toʻp» sohibiga aylandi. Dembele oʻtgan mavsum parijliklar bilan birgalikda toʻrtta sovrin qoʻlga kiritdi, jumladan, UEFA Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Shuningdek, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida finalga qadar yetib bordi.

Uzbekistan Airways samolyotlar parkini 22 taga kengaytiradi

Foto: Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways Boeing kompaniyasi bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish va yana 8 tasini opsion asosida olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Samolyotlar 2031-yildan boshlab yetkazib beriladi. 

O‘zbekiston Qozog‘istondan benzin sotib olishni boshladi

Заправка. Фото: Pexels.com

O‘zbekistonga Qozog‘istondan benzin importi 10 baravarga oshdi. Bu haqda Inbusiness.kz nashri Argus agentligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Unga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Rossiyadan olib kelingan neft va kondensat hajmini o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar kamaytirdi.

O‘zbekistonda shamolli va changli ob-havo hafta davomida saqlanadi — Ekologiya vazirligi

O‘zbekistonda shamolli va changli ob-havo hafta davomida saqlanadi. Foto: ochiq manba

O‘zbekistonda shamolli va changli ob-havo hafta davomida saqlanib qoladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi. Bunda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy cho‘l hududlari, Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlari eng ko‘p ta’sirchan hududlar bo‘lib qoladi.

Shavkat Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 20 – 24-sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida davlat rahbari mamlakatning qator kompaniyalari va mutasaddilarini qabul qildi.

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi, Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi janggini 6-oktabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etiladigan IBA Pro 10 turniri doirasida o‘tkazadi.

O‘zbekistonda shovqin solmaslik vaqti bir soatga uzaytirilishi rejalashtirilmoqda

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda jimlik saqlanishi kerak bo‘lgan vaqt 23:00 dan 07:00 gacha uzaytirilmoqda. Deputatlar tomonidan «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qilishda ma’qullandi.

Fond bozori: «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng yuqori pasayishdan so‘ng qimmatlashdi

O‘tgan hafta aksiyalarning ko‘pi qimmatlashdi, ba’zilari esa keskin tushdi. Foto: Depositphotos

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 12-sentabrdan 19-sentabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,13 foizga o‘sdi. Mazkur davrda «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 13,01 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, faqat «O‘zbektelekom» (+3,28%) va «O‘zmetkombinat» (+0,50%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘zbekiston BlackRock kompaniyasi bilan qo‘shma fond tuzishni rejalashtirmoqda

BlackRock
Фото: Getty Images

O‘zbekiston AQShning yirik investitsiya kompaniyasi bo‘lgan BlackRock bilan qo‘shma fond tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu masala O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BlackRock direktorlar kengashi a’zosi Adebayo Ogunlesi bilan uchrashuvida muhokama qilindi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda tomonlar fondni yaratish konsepsiyasi hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejasini kelishib oladi.

Alisher Qodirov: Pedagoglar uchun pensiya yoshini 50 yosh etib belgilash kerak

Alisher Qodirov
Alisher Qodirov: Pedagoglar uchun pensiya yoshini 50 yosh etib belgilash kerak / Foto: Alisher Qodirov telegram kanali

«Milliy Tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov pedagoglar uchun pensiya yoshini 50 yosh etib belgilash kerakligini qayd etdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

24-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

24-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Foto: depositphotos

24-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 171,03 so‘m (-86,10 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 69,75 so‘mga tushib, 14 364,25 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga pastlab, 145,92 so‘mni tashkil qildi.

«Qayrat» — «Real» o‘yini uchun chiptalar narxi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, narxlar 30 ming tengedan (676 ming so‘m) boshlanib, 250 ming tengegacha (5,6 mln so‘m) yetadi. Shuningdek, 75 ming tenge (1,7 mln so‘m)  va 150 ming tengega (3,4 mln so‘m) ham chiptalarni xarid qilish mumkin.

Bundan oldin 22-sentabrning eng muhim voqea va hodisalari haqida xabar bergandik.

Shuningdek