NASDAQ bilan hamkorlida «Toshkent» fond birjasi modernizatsiya qilinadi

eʼlon qilindi
Savdo maydonchasi davlat obligatsiyalarini sotishda ham yordam berishi mumkin
NASDAQ
Foto: Unsplash

Amerikaning NASDAQ birjasi «Toshkent» Respublika fond birjasini (RFB) modernizatsiya qilishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi doirasida ushbu tashabbusni birjasi raisi Adena Fridman bilan muhokama qildi.

Shuningdek, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish rejalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, NASDAQ 1971-yilda tashkil etilgan dunyodagi eng yirik fond birjalaridan biri. Bu kompyuter tizimlari orqali bitimlar amalga oshirilgan birinchi elektron savdo maydonchasi edi.

Unda minglab kompaniyalar, jumladan, texnologik korporatsiyalar – Apple, Google va boshqalarning aksiyalari sotiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev AQShda kimlar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek