Toshkent – Qozon reyslari vaqtinchalik yangi jadval asosida amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
Qozon xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishdagi vaqtinchalik cheklovlar sababli
Foto: Uzbekistan Airways

Toshkent – Qozon – Toshkent reyslari ma’lum muddatga yangi jadval asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qozon xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishdagi vaqtinchalik cheklovlar sababli HY649/650 aviaqatnovlari o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

Yangilangan jadval quyidagicha:

  • HY649: Toshkentdan jo‘nab ketish – 20:00, Qozonga yetib borish – 21:40;
  • HY650: Qozondan jo‘nab ketish – 23:00, Toshkentga yetib kelish – 04:10.

Avvalroq «Kursiv» nashri Uzbekistan Airways samolyotlar parkini 22 taga kengaytirgani haqida yozgandi.

Shuningdek