
Vivo kompaniyasi tomonidan Vivo X300 Pro smartfoni kamerasining imkoniyatlari ko‘rsatildi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.
Mahsulot menejeri Xan Boksyao Weibo’dagi sahifasida smartfon yordamida olingan bir nechta suratlarni e’lon qildi.


Namoyish qilingan rasmlar Chanchunda o‘tkazilgan aviashouda tushirilgan. Uchta surat kameraning zum imkoniyatini ko‘rsatib berdi: ular mos ravishda 16 karra (400 mm), 25 karra (600 mm) va 30 karra (728 mm) kattalashtirishda olingan.

Yorug‘lik yetarli bo‘lgan kunda olingan suratlarda, hatto, maksimal zumda ham natijalar yuqori darajada chiqqani aytilmoqda.

Vivo X300 seriyasi 13-oktabr kuni taqdim etiladi. Flagman Mediatek Dimensity 9500 chipi asosida ishlaydi. Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Vivo X300 Pro 16 GB tezkor xotira, 1 TB doimiy xotira va 6510 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo V60 Lite 5G smartfonining xususiyatlarini yozgan edi.