
Kia kompaniyasi tomonidan yangilangan 2026-yilgi Sorento Hybrid avtomobili taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.
Asosiy yangilik — X-Line SX Prestige AWD versiyasi bo‘lib, u avvalgi SX Prestige o‘rnini egalladi. Mashina 19 dyuymli g‘ildiraklar, qoraytirilgan bezak detallar va yangilangan emblemalarga ega. Baza EX komplektatsiyasi old g‘ildirakdan tortuvchi ko‘rinishda taqdim etiladi, to‘liq tortish tizimi esa $1800 qo‘shimcha to‘lov evaziga qo‘shiladi.

Narxlar biroz oshgan: boshlang‘ich EX modeli $38.8 ming, eng yuqori X-Line SX Prestige AWD esa $47 ming turadi. EX uchun yangi Premium to‘plam ham mavjud bo‘lib, u panoramali tom, BOSE audiosistemi va salonda yaxshilangan yoritishni o‘z ichiga oladi. Barcha versiyalarda yangi sensorli boshqaruvga ega rul o‘rnatildi.

Texnik jihatdan Sorento Hybrid avvalgi kabi qolmoqda. Unda 1,6 litrli turbomotor va elektromotor kombinatsiyasi ishlatiladi, umumiy quvvati 227 ot kuchi va 350 Nm. Mashina 100 km/soat tezlikka 7 soniyadan biroz ko‘proqda chiqadi. Yonilg‘i sarfi old g‘ildirakdan tortuvchi versiyada 6,5 litr, to‘liq tortish tizimli variantda esa 6,9 litrni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia K5 Tulpar Qozog‘istonda taqdim etilgani haqida yozgan edi.