Abduqodir Husanov jarohati sabab kamida uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi

24-sentabr 2025 12:47 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning jarohati haqida ma’lumot berdi.

Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi kamida uchta o‘yinda maydonga tusha olmaydi.

«Husanov keyingi uchta bahsda jamoaga yordam bera olmaydi. Liga kubogida uning o‘rniga akademiya futbolchilaridan foydalanishim mumkin. Umid qilamanki, Abduqodir Premyer-liga va Chempionlar Ligasida yana biz bilan birga bo‘ladi», — dedi Gvardiola.

Shu tariqa Husanov «Haddersfild»ga qarshi Liga Kubogi uchrashuvi, APL doirasidagi «Byornli» va Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Monako»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi. 21 yoshli himoyachi katta ehtimol bilan 5-oktabr kuni «Brentford» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yingacha safga qaytishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Husanov APLning 5-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi bahsda (1:1) raqib himoyachisi Gabriel Martinelli bilan to‘qnashib ketib, jarohat olgandi. Buning natijasida u ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasidagi nechta futbolchi jarohat olganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek