Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgarishlar kiritiladi

2025-yil 25-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida ayrim avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zgarishlar kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Jumladan, 138-sonli «Bunyodkor MFY – Beruniy metrosi» avtobusi endi Bunyodkor MFYdan kelishda Shifokorlar, Sog‘lom avlod, THAY va Farobiy ko‘chalari orqali, qaytishda esa Farobiy, THAY, Sog‘lom avlod va Shifokorlar ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Shuningdek, 13T-sonli «Suvsoz mavzesi (Stadion) – Toshkent vokzali» avtobusi Toshkent vokzalidan kelishda Husayn Bayqaro va Chirchiq bo‘yi ko‘chalari orqali Suvsoz mavzesi (Stadion) bekatigacha boradi.

1-sonli «Humoyun mavzesi – Toshkent MUM» avtobusi esa Toshkent MUMdan kelishda Humoyun, Ahmad Yugnakiy va Zumrad ko‘chalari orqali Humoyun mavzesi bekatigacha qatnaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Iftixor yo‘nalishida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.