Prezident AQShdagi vatandoshlar va stipendiatlar bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Uchrashuvda “Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni” start oldi
Prezident AQShdagi vatandoshlar va stipendiatlar bilan uchrashdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifini yakunlar ekan, u yerda yashovchi vatandoshlar va «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiatlari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlar, vatandoshlar va tashkilotlarning bu jarayonga hissasi muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar va yoshlar o‘rtasida «Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni» start olgani e’lon qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-ta’lim, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, milliy iqtisodiyot sohalariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev AQSHdagi 500 nafardan oshgan stipendiatlarga e’tibor qaratib, ularni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. Talabalarga kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Foto: President.uz

Uchrashuv ishtirokchilari esa Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorliklarini bildirgan.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Tramp bilan uchrashib, uni O‘zbekistonga taklif qilgan edi.

Shuningdek