Tramp AQShda robot va tibbiy uskunalar importiga boj joriy etishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
AQShda robototexnika, sanoat uskunalari va tibbiy buyumlar importi yuzasidan tergov boshladi
Foto: depositphotos.com

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati robototexnika, sanoat uskunalari va tibbiy buyumlar importi yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda Oninvest nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, tekshiruvlar 2-sentabrdan beri davom etmoqda, biroq bu haqda ommaga endi ma’lum qilindi. Tergov Savdo vazirligi tomonidan «Savdo kengaytirish to‘g‘risida»gi qonunning 232-bo‘limi asosida olib borilmoqda. Ushbu qonun prezidentga milliy xavfsizlik uchun muhim deb topilgan mahsulotlarga Kongressni chetlab o‘tgan holda boj joriy etish huquqini beradi.

Tergov doirasiga bir qator tibbiy buyumlar — shpris, tikuv materiallari, kateter, doka, himoya niqoblari va qo‘lqoplar kiritilgan. Bundan tashqari, nogironlar aravachasi, qo‘ltiqtayoq, shifoxona karavotlari hamda yurak stimulyatori, insulin pompasi, MRT va KT apparatlari kabi jihozlar ham boj qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Robototexnika va sanoat uskunalari bo‘yicha ham tekshiruv o‘tkazilmoqda. Xususan, kompyuter boshqaruvidagi tizimlar, frezalash dastgohlari, presslar va shtamplovchi agregatlar o‘rganilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh G7 va Yevropa Ittifoqini Rossiya neftini xarid qilayotgan Xitoy va Hindistonga tariflar joriy etishga chaqirgani haqida yozgandi.

Shuningdek