Eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi yangilandi

25-sentabr 2025 11:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfonlar
Eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi yangilandi / Foto: Ochiq manbalar

DxOMark mutaxassislari tomonidan eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi yangilandi. iPhone17 Pro 168 ball olib, ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egalladi.

iPhone 17 Pro Huawei Pura 80 Ultra (175 ball) va Oppo Find X8 Ultra (169 ball) smartfonlaridan ortda qoldi. Taqqoslash uchun, Samsung Galaxy S25 Ultra atigi 151 ball bilan 21-o‘rinda turibdi.

DxOMark iPhone 17 Pro’ning afzalliklari sifatida eng yaxshi videotasvir sifati, yumshoq va aniq zum, hamda portretlarda to‘g‘ri rang uzatish va tabiiy ranglarini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, kam yorug‘likda shovqin paydo bo‘lishi va ba’zi zum darajalarida detallarning yo‘qolishi kamchilik sifatida qayd etilgan.

Ro‘yxat:

O‘rinModelSanaBall
1Huawei Pura 80 UltraIyun 2025175
2Oppo Find X8 UltraAprel 2025169
3Apple iPhone 17 ProSentabr 2025168
4Vivo X200 UltraAprel 2025167
5Google Pixel 10 Pro XLAvgust 2025163
6Huawei Pura 70 UltraAprel 2024163
7Apple iPhone 16 Pro MaxSentabr 2024161
8Google Pixel 9 Pro XLAvgust 2024160
9Xiaomi 15 UltraMart 2025159
10Honor Magic6 ProFevral 2024158

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan smartfonni qanday zaryadlash kerakligi haqida yozgan edi.

Shuningdek