Toyota Corolla Cross 2026 sotuvga chiqdi

25-sentabr 2025 13:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi tomonidan yangilangan Toyota Corolla Cross 2026 narxlari e’lon qilindi. Bu haqda kompaniya saytida xabar bermoqda.

Model Alabama shtatidagi Xantsvill zavodida ishlab chiqariladi va mashinalar allaqachon dilerlarga yetkazilgan. Benzinli versiya $24,ming, gibrid esa $29 mingdan boshlanadi.

Foto: Toyota

Yangi dizaynda old qism yangilandi, gibrid modellarda radiator panjarasi kuzov rangida bo‘ldi. Barcha komplektatsiyalarda LED kunduzgi chiroqlar bor. Gibrid SE va XSE versiyalariga qora tom opsiyasi bilan Cavalry Blue rangi qo‘shildi. XSE modeli 18 dyuymli qora g‘ildiraklarga ega bo‘ldi.

Salon ham qulayroq qilingan. Markaziy konsol qayta ishlangan, mayda buyumlar uchun joylar kengaydi, simsiz zaryadlovchiga bo‘linma qo‘shildi. XLE versiyasida yangi Portobello qoplamasi taqdim etildi. Texnologiyalar qatorida 10,5 dyuymli multimedia ekrani va 12,3 dyuymli raqamli panel mavjud.

Foto: Toyota

Ba’zi AWD versiyalarida endi isitiladigan o‘rindiqlar va rul standart. Dvigatellar esa o‘zgarmagan: benzinli versiyalar old yoki to‘liq tortishda, gibridlar esa Electronic On-Demand AWD bilan sotuvga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota Highlander 2026 avtomobili savdoga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek