Raqamli texnologiyalar salomatlik posboni: iste’molchilar uchun kengaytirilgan imkoniyatlar

eʼlon qilindi
25-sentabr — Butunjahon farmatsevtlar kuni
Foto: Asl Belgisi

25-sentabr — Butunjahon farmatsevtlar kuni. Ushbu kunda butun dunyoda millionlab odamlarning sog‘lig‘i va xavfsizligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan kasbning ahamiyati ta’kidlanadi. O‘zbekistonda farmatsevtlarning hissasini raqamli texnologiyalar ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Shunday vositalardan biri yangilangan Asl Belgisi mobil ilovasi bo‘lib, u endi Med24 platformasi bilan integratsiyalashgan.

Bitta ilovada qulaylik va xavfsizlik

Asl Belgisi shunchaki markirovka skaneri emas. Uning yordamida O‘zbekistonning istalgan fuqarosi bir necha soniya ichida Data Matrix kodi bo‘yicha mahsulotning aslligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Med24 bilan hamkorlik tufayli xizmat imkoniyatlari yangi bosqichga ko‘tarildi:

  • dorixonalarda dolzarb narxlarga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi,
  • dori vositasini eng yaqin savdo nuqtalaridan topish mumkin bo‘ldi.

Interfeys yanada tushunarli bo‘ldi, yangi funksiyalar esa ma’lumotlarni tezroq va qulayroq olish imkonini beradi.

Integratsiya: foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar

Asl Belgisi ilovasida dori vositasini skanerlash yoki qidirish paytida «Dorini top» havolasi mavjud bo‘lib, u yaqin atrofdagi dorixonalarda dori vositasining mavjudligi haqidagi ma’lumotni ochadi va qulay Med24 Telegram boti orqali uning o‘rtacha narxini ko‘rsatadi.

Med24.uz saytida dori vositasini tekshirish: saytda dori nomini kiritganda, foydalanuvchi Google Play yoki App Store’ga o‘tish va dorining haqiqiyligini tekshirish uchun Asl Belgisi ilovasini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgan mahsulot kartochkasini oladi (Android/IOS).

Iste’molchini ishonchli himoya qilish

Farmatsevtika mahsulotlari qalbakilashtirish uchun eng zaif sohalardan biridir. Qalbaki dorilar sog‘liq va hayot uchun jiddiy xavf tug‘diradi. O‘zbekistonda joriy etilayotgan ommaviy raqamli markirovka — bu rasmiyatchilik emas, balki soxtalashtirishga qarshi kurashning haqiqiy vositasi va bozorni shaffof qilish usulidir.

Asl Belgisi yordamida bugungi kunda nafaqat dorilarni, balki tamaki va alkogol mahsulotlarini, qadoqlangan suv, ichimliklar va maishiy texnikalarni ham tekshirish mumkin.

Asl Belgisi — salomatlik va xavfsizlik uchun raqamli yordamchi

Ilova har bir foydalanuvchi uchun to‘laqonli yordamchiga aylandi. U quyidagilarga yordam beradi:

  • tovarning aslligiga ishonch hosil qilish;
  • dorixonalardagi narxlarni bilish,
  • eng yaqin savdo nuqtasini topish,
  • dorilarni o‘z vaqtida qabul qilish.

Butunjahon farmatsevtlar kuni sog‘liq diqqat markazida ekanligini eslatib turadi. Asl Belgisi smartfonni dorilar sifati va xavfsizligini nazorat qilishning ishonchli vositasiga aylantirib, o‘zingiz va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilishni yanada osonlashtirishga yordam beradi.

Shuningdek