Qirg‘iziston parlamenti o‘zini o‘zi tarqatib yubordi

eʼlon qilindi
Mazkur qaror mamlakatda bo‘lib o‘tadigan saylovlar va saylov qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan izohlangan
Qirg‘iziston parlamenti o‘zini o‘zi tarqatib yubordi / Foto: Jogorku Kenesh

Qirg‘iziston parlamentining yettinchi chaqiriq deputatlari 25-sentabr kuni muddatidan oldin vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Jogorku Keneshda ma’lum qilindi.

Mazkur qaror mamlakatda bo‘lib o‘tadigan saylovlar va saylov qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan izohlandi.

Majlisda deputat Ulan Primov ma’ruza bilan chiqib, parlamentning o‘zini o‘zi tarqatishi siyosiy tizimni mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, asosiy omil sifatida saylov qonunchiligi o‘zgarishlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 84 deputat yettinchi chaqiriq vakolatlarini tugatish qarorini ma’qulladi. Bungacha hujjat Konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi va Jo‘g‘orqu Kengesh Koordinatsion kengashi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda ro‘y bergan zilzila O‘zbekistonda sezilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek