Oq uyda Bayden portreti avtomatik imzo mashinasi bilan almashtirildi — video

eʼlon qilindi
Bunga Baydenning avtopero orqali ko‘plab hujjatlarga imzo chekkani sabab bo‘lishi mumkin
Foto: Ochiq manbalar

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy G‘arbiy qanotidagi yo‘lakda prezidentlar shon-shuhrat yo‘lagini ochdi. Yo‘lakda Bayden portreti o‘rniga avtoperoning rasmi ilingan.

Tramp Baydenning avtopero orqali ko‘plab hujjatlarga imzo chekishini ilgari ham tanqid qilib kelgan. CNN xabariga ko‘ra, Tramp iyun oyida Baydenning avtopero qo‘llashini tekshirish bo‘yicha maxsus memorandum chiqargan edi. Bayden esa bunday iddaolarni qat’iyan rad etgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

«Men prezidentligim davomida barcha qarorlarni o‘zim qabul qildim. Avf etish, farmonlar va qonunlarga imzo qo‘yishda men ishtirok etganman. Aksini aytish mutlaqo asossiz», — degan edi Bayden.

Tramp yaqinda bergan intervyusida Bayden portreti o‘rniga avtopero rasmi qo‘yilishini ochiq aytgan edi. Endi esa bu reja amalda tasdiqlangan. Oq uydagi yangilanish ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama qilinmoqda.

Trampning iyun oyidagi memorandumida Adliya vaziri Pam Bondi va boshqa rasmiylar ishtirokida Baydenning sog‘ligi va uning yordamchilari faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish talabi ham kiritilgan. Shuningdek, avtopero orqali imzolangan barcha siyosiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i ham berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp AQShda robot va tibbiy uskunalar importiga boj joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek