Qozog‘istonda tenge bilan ta’minlangan birinchi steyblkoin ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Tashabbus Milliy bankning raqamli aktivlar bo‘yicha regulyator «qum maydonchasi» doirasida amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston aviaqatnovlar sonini haftasiga 238 taga yetkazadi
Foto: Tumba

Qozog‘iston Milliy banki milliy tenge bilan ta’minlangan birinchi steyblkoinni muomalaga chiqarish bo‘yicha pilot loyiha boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda regulyator rasmiy veb-saytida xabar qilindi.

Tashabbus Milliy bankning raqamli aktivlar bo‘yicha regulyator «qum maydonchasi» doirasida amalga oshirilmoqda.

Steyblkoinni Intebix (AIFC’da ro‘yxatdan o‘tgan raqamli aktivlar birjasi) kompaniyasi Solana xalqaro blokcheyn platformasi, Mastercard to‘lov tizimi va Yevroosiyo banki bilan hamkorlikda ishga tushirdi.

Milliy steyblkoin kriptobozorning innovatsion yechimlarini an’anaviy moliyaviy infratuzilma bilan integratsiya qilish imkonini beradi. Bu esa kriptoaktivlarni tengega ayirboshlash va kriptokartalar orqali savdo amaliyotlarini amalga oshirish yo‘lini ochadi.

Loyiha Milliy bankning raqamli aktivlar bozorini rivojlantirish va milliy raqamli ekotizimni shakllantirish strategiyasi doirasida olib borilmoqda.

«O‘tgan yili prezident xalq murojaatida raqamli moliyaviy mahsulotlar salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shu yil Milliy bank raqamli aktivlar bo‘yicha regulyator «qum maydonchasi»ni yo‘lga qo‘ydi, tegishli qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritildi. Hozirda to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha sakkizta pilot loyiha tanlab olingan, ulardan birinchisi – milliy steyblkion», dedi Milliy bank raisi Timur Sultonov.

Milliy bankning regulyator «qum maydonchasi» hozircha to‘lov xizmatlari va raqamli aktivlar sohasidagi yangi arizalarni qabul qilishda davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston ham to‘lovlarda steyblkoinlardan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek