Markaziy bank bir qator banklarga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirdi

Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, bir nechta tijorat banklariga berilgan litsenziyalar qayta rasmiylashtirildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, «Smart bank» AJ nomi «Open bank» AJ etib o‘zgartirildi va uning pochta manzili yangilandi. Shu bois bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi qayta berildi.
Shuningdek, «Hayot bank» AJ hamda «Anor bank» AJning joylashgan manzili o‘zgarganligi sababli ularga tegishli litsenziyalar qayta rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, Eron Soderot bankining Toshkentdagi shuba banki aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Bankning tashkiliy-huquqiy shakli va nomi o‘zgarganligi hamda manzili yangilangani bois unga berilgan litsenziya ham qaytadan berildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Smartbank endi Openbank nomi bilan faoliyat yuritishi haqida yozgandi.