Shavkat Mirziyoyev BMTdagi nutqida qaysi so‘zdan ko‘p foydalandi — tahlil

eʼlon qilindi
Nutqda eng ko‘p ishlatilgan so‘z — maqsad bo‘ldi
Prezident BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ishtirok etadi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi lingvistik jihatdan tahlil qilindi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, nutqda eng ko‘p ishlatilgan so‘z — maqsad (11 marta). Bu mamlakatning strategik yo‘nalishlari va ustuvorliklariga urg‘u berilganidan dalolat beradi. Shuningdek, davlat so‘zi 7 marta qo‘llanib, milliy manfaatlarga katta e’tibor qaratilgani qayd etildi.

Global so‘zi 8 marta ishlatilib, milliy vazifalarni xalqaro kontekst bilan uyg‘unlashtirish intilishi ko‘rsatildi. Mintaqaviy ahamiyatga ega Osiyo (7 marta) va Markaziy (6 marta) so‘zlari ham alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, nutqda yangi, O‘zbekiston, dunyo va harakat kabi so‘zlar 6 martadan tilga olingan. Ta’lim, transport, siyosat va sherik so‘zlari 5 martadan, platforma va mexanizm esa 4 martadan ishlatilgan.

Nutqdagi eng ko‘p uchraydigan birikma — Markaziy Osiyo (6 marta). Shuningdek, doimiy rivojlanish (4 marta), Yangi O‘zbekiston, sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlar, suv resurslari, infratuzilma loyihalari, terrorizmga qarshi va gumanitar inqiroz kabi iboralar 2 martadan tilga olingan.

Shu bilan birga, nutqning asosiy yo‘nalishlari — Markaziy Osiyoda hamkorlik va transport-ekologik masalalar (har biri 18%), Yangi O‘zbekiston islohotlari va yoshlarga oid mavzular (har biri 15%) bo‘ldi. Xalqaro masalalar 12%, xavfsizlik va gumanitar muammolar 10% ulushni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkorlar bilan uchrashuvda qaysi so‘zlar ko‘p ishlatilgani haqida yozgandi.

Shuningdek