Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga intilmoqda — Ukraina TIV

eʼlon qilindi
Baxtiyor Saidov ukrainalik hamkori Andrey Sibiga bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga intilmoqda. Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida ukrainalik hamkori Andrey Sibiga bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saidov o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

«Biz siyosiy muloqotni qayta tiklash, shuningdek, o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldik. Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash tarafdori», dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Suhbat chog‘ida tomonlar savdo, investitsiya, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu bo‘yicha Saidov:

«Uchrashuvimiz O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi muloqotni yanada chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash hamda xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochish borasidagi qat’iy intilishimizni tasdiqladi», deb yozdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko O‘zbekistondagi missiyasini yakunlagani haqida xabar bergan edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qaroriga koʻra, u 2020-yildan buyon Oʻzbekistonda elchi lavozimida faoliyat yuritgandi.

Shuningdek