Shell elektromobillarni besh baravar tezroq zaryadlashga yordam beradigan texnologiya ishlab chiqdi

26-sentabr 2025 15:37 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
shell
Yangi texnologiya elektromobillarni besh baravar tezroq zaryadlashga yordam beradi. Foto: shutterstock

Neft-gaz giganti Shell elektromobillarni zaryadlash vaqtini keskin qisqartiradigan yangi texnologiya ishlab chiqmoqda. Kompaniya maxsus EV-Plus Thermal Fluid nomli sovituvchi suyuqlik yaratdi. Bu haqda Auto Swiat xabar berdi.

Mazkur suyuqlik zaryadlash jarayonida batareyani samarali sovitib, yuqori kuchlanish va quvvatni xavfsiz ishlatishga imkon beradi.

Hozirda o‘rtacha zaryadlash tezligi har daqiqada 5 km masofaga yetarli quvvat beradi. Shell hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi texnologiya bu ko‘rsatkichni 24 km.gacha oshirishi mumkin. Masalan, 34 kVt·soat sig‘imli batareyani 10 foizdan 80 foizgacha to‘ldirish 10 daqiqadan kam vaqt oladi.

shell
Foto: shutterstock

Texnologiya hali sinov bosqichida bo‘lsa-da, mutaxassislar bunday innovatsiya elektromobilsozlikda yangi yutuqlarga yo‘l ochishini ta’kidlashmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda elektromobilni zaryadlash qancha turishi haqida xabar berilgandi. Respublikada 2025-yil 1-may holatiga 1 399 ta stansiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilga qaraganda 2,5 baravar ko‘pdir. Ularning 70 foizi Toshkent shahri va viloyatida joylashgan. Qolgan stansiyalar boshqa hududlarda o‘rnatilgan. Tarmoq kengaysa, narxlar asta-sekin arzonlashishi kutilmoqda.

Shuningdek