Intel aksiyalari Apple bilan muzokaralar fonida keskin ko‘tarildi

26-sentabr 2025 15:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Intel aksiyalari Apple bilan muzokaralar fonida keskin ko‘tarildi / Foto: Unsplash

25-sentabr kuni Intel aksiyalari Nasdaq birjasida qariyb 10 foizga oshib, $34,25 darajasiga yetdi. Bu so‘nggi bir yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, deb yozadi Forbes Russia. Toshkent vaqti bilan soat 14:24 da kompaniya qimmatli qog‘ozlari $33,99 narxda sotilmoqda.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Intel hozirda Apple bilan hamkorlik yoki investitsiya masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bundan tashqari, kompaniya Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) bilan ham shunday suhbatlarni boshlagan.

So‘nggi oylar davomida Intel yirik investitsiyalar jalb qilgan. Nvidia $5 mlrd, SoftBank Group esa $2 mlrd sarmoya kiritgan.

Bu yangiliklar fonida bozor Intel aksiyalariga bo‘lgan qiziqishni oshirdi va kompaniya qiymati yana tiklana boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri NASDAQ bilan hamkorligida «Toshkent» fond birjasi modernizatsiya qilinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek