Instagram’da yangi trend: ingichka videolar

26-sentabr 2025 17:52 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Amira Rashidovaning Instagram blogidan olindi

So‘nggi kunlarda Instagram foydalanuvchilari va hatto yirik brendlar 5120×1080 formatidagi ingichka videolarni ulashishga kirishdi. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.

Ushbu ultrakeng videolar odatdagi vertikal kontentdan ko‘ra yanada kinoeffektli va diqqat tortadigan ko‘rinishga ega, shuning uchun tezda mashhurlikka erishmoqda.

Mutaxassislar ta’kidicha, eski videolarni ham shu formatga o‘tkazish orqali ular qayta jonlanadi va ko‘rilishlar soni oshadi.

Video: Amira Rashidovaning Instagram blogidan olindi

Mashable nashrining xabariga ko‘ra, bu trendni amerikalik reper Kanye Uest boshlagan. 30-iyun kuni u birinchi ingichka gorizontal videoni e’lon qilgan. Keyin KitKat, Red Bull, Google, Netflix kabi brendlar ham unga qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Amira Rashidovaning Instagram blogida 23 soat oldin ushbu formatda joylangan video, bir sutka bo‘lmasidan 193 ming marotaba ko‘rildi.

«Ingichka» videoni qanday qilish mumkin

Odatda Instagram 9×16, 10×80 yoki 19×20 formatdagi vertikal videolarni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin kreatorlar 5120×1080 (32:9) formatidagi ultrakeng videolarni yaratib, trendga qo‘shilmoqda. Buni quyidagicha qilish mumkin:

  1. Gorizontal video olish – videoni imkon qadar yuqori sifatda, 4K rejimida suratga oling. Muhim: asosiy kompozitsiya markazda joylashsin, chunki ikki yoni kesiladi.
  2. Videoni muharrirda tahrirlash – InShot, CapCut, VN, Adobe Premiere Pro, Canva kabi dasturlardan foydalaning. Loyihani 5120×1080 pikselga sozlang.
  3. Kadrni moslashtirish – Videoning yuqori va pastki qismini kesish uchun maskadan foydalaning. Syujetning asosiy qismi tor chiziqda qolishiga e’tibor bering.
  4. Eksport qilish – Tayyor videoni H.264 yoki HEVC formatida yuqori sifatda saqlang. Sozlamalarda 5120×1080 formatga mosligini tekshiring.
  5. Yuklash – Reelsga videoni yuklang va ijtimoiy tarmoq uni kesib tashlamaganini, tor chiziq butun ekran bo‘ylab to‘liq ko‘rinishini tekshiring.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Instagram «Odnoklassniki»dagi funksiyani sinovdan o‘tkazilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek