Toshkentning Yangihayot tumanida xususiy uylardan biri yonib ketdi
eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan

Toshkentning Yangihayot tumanidagi xususiy uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 27-sentabr kuni Yo‘ldosh mahallasining 11-dahasida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida navbatchilik qismiga soat 21:06 da xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga soat 21:09 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Soat 21:23 da ular yong‘inni qurshab olishga muvaffaq bo‘lgan, soat 21:37 da esa yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijondagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edi.
Mavzu bo'yicha materiallar