Zeekr 9X gibrid avtomobilining narxi ochiqlandi

30-sentabr 2025 10:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zeekr 9X gibrid avtomobili taqdim etildi / Foto: Zeekr

Xitoyda Geely konserniga qarashli Zeekr brendi tomonidan Zeekr 9X gibrid avtomobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Yangi Zeekr 9X — to‘liq o‘lchamli plug-in gibrid krossover bo‘lib, u 1381 ot kuchi quvvat, ikki kamerali pnevmatik osma va 1250 km CLTC yurish masofasini taklif qiladi.

Modelning boshlang‘ich narxi $64 ming etib belgilangan. Oldindan buyurtmalar ochilgach, atigi bir soat ichida avtomobil 42 mingdan ortiq buyurtmalar to‘plagan.

Foto: Zeekr

Zeekr 9X 5239×2029×1819 mm va 3169 mm g‘ildiraklar bazasiga ega. Dizaynda C shaklidagi LED faralar, keng radiator panjarasi va 22 dyuymli disklar ishlatilgan.

Avtomobil beshta LiDAR sensori bilan jihozlangan. Nvidia Thor-U chipi asosidagi G-Pilot H7 tizimi L3 darajadagi avtopilot va avtomatik parkovka imkoniyatini beradi. Klirens 178 mm’dan 288 mm gacha sozlanadi.

Salon oltita o‘rindiqqa ega (2+2+2 sxema) va uch xil rangdagi bezaklarda taqdim etiladi. Markaziy konsolda ikkita 16 dyuymli ekran, AR-proektsion displey, 17 dyuymli shift ekrani va massaj funksiyasiga ega o‘rindiqlar mavjud.

Foto: Zeekr

Kuch qurilmasi 2 litrli benzin dvigateli va elektromotorlardan iborat. Versiyasiga qarab 0’dan 100 km/soatgacha tezlanish 3,1 – 3,9 soniyada amalga oshadi. 55 yoki 70 kVt·soatli akkumulyatorlar 380 km masofani faqat elektrda bosib o‘tishga imkon beradi. 6C texnologiyasi yordamida batareyani 20 foizdan 80 foizgacha atigi 8 daqiqada quvvatlash mumkin.

Avtomobil to‘rt xil komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan bo‘lib, narxlari $63 910 dan $84 100 gacha. Eng qimmat variant ikkinchi qatordagi buriluvchi o‘rindiqlar va faol stabilizator bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Zeekr 001 2026 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek