O‘zbekistonda oltin quymalar narxi yana oshdi

eʼlon qilindi
5 grammli oltin quyma narxi tarixiy rekordini yana bir bor yangilab, 7,69 mln so‘mdan oshdi
oltin
O‘zbekistonda oltin narxi to‘qqiz oyda 33-marta rekordni yangiladi. Foto: AntonMatyukha/Depositphotos

30-sentabr kuni 5 grammli oltin quyma narxi tarixiy rekordini yana bir bor yangilab, 7,69 mln so‘mdan oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 10 grammli quyma 15,230 mln so‘mdan 15,383 mln so‘mga, 20 grammli quyma 30,460 mln so‘mdan 30,766 mln so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek, 50 grammli quyma 76,915 mln so‘m, 100 grammli esa 153,830 mln so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 24-sentabr kuni 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7,67 mln so‘mdan oshgani haqida yozgandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning 8 oyida O‘zbekistonda 17 387 ta jami hajmi 380 kilogrammlik oltin quymalari sotildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan o‘tkazilayotgan media muloqotda ma’lum qilingandi.

2024-yilda bu ko‘rsatkich 14 382 ta (236 kg)ni tashkil etgan bo‘lib, 2023-yilga nisbatan 2,5 baravarga o‘sish kuzatilgan.

Shuningdek