Mbappe «Qayrat» muxlisining salomiga alik oldi — video

30-sentabr 2025 11:36 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Getty Images

Bugun UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan bahsda Madridning «Real» klubi safarda Qozog‘istonning «Qayrat» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

29-sentabr kuni ispan grandi ushbu bahsda ishtirok etish uchun 7 ming km yo‘l bosib, Olmaotaga yetib keldi. Jamoa a’zolarini kutib olish jarayonida bir muxlis Kilian Mbappega salom berdi, fransiyalik futbolchi esa muxlisning salomiga tabassum bilan alik oldi.

Video: Instagram

Ma’lumot uchun, «Qayrat» va «Real» o‘rtasidagi bahs bugun, 30-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da Olmaotadagi «Markaziy» stadionida start oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» Qozog‘istonda qanday kutib olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek