O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 94 foizdan oshdi

eʼlon qilindi
Yanvar – avgust oylarida
Foto: Pexels.com

2025-yilning yanvar – avgust oylarida O‘zbekiston aholisi orasida internetdan foydalanuvchil1ar ulushi 94,2 foizga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.

So‘nggi yillarda internet qamrovi barqaror o‘sishda davom etmoqda. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 76,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 83,9 foizga, 2023-yilda 89 foizga, 2024-yilda esa 93,3 foizga yetgan edi.

Joriy yilning sakkiz oyida O‘zbekiston aholisi orasida internetdan foydalanish eng yuqori darajaga chiqdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi aloqa operatorlari endi xalqaro internetga bevosita ulanishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek