Amerikalik bloger O‘zbekistonda 23 mln so‘m jarimaga tortildi

Amerikalik bloger O‘zbekistonda 23 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
Avvalroq u o‘zining Lamborghini avtomobilida O‘zbekistondan chiqolmayotgani haqida videomurojaat qilgan edi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xorijlik fuqaro avtomobilning mamlakatda qolish muddatini qariyb ikki oyga oshirib yuborgan. Shu sababli unga chiqishga vaqtincha taqiq qo‘yilgan.
Keyinchalik u belgilangan tartibda 23 mln 72 ming so‘m yig‘im to‘lab, ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi. Shundan so‘ng fuqaro o‘z avtomobili bilan O‘zbekistondan chiqib ketgan.
Ma’lumot uchun, xorijiy avtotransport vositalari mamlakatda 90 kundan ortiq qolishi mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Buxoroda saksovul kesganlar qamoqqa olingani haqida yozgan edi.