2-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
30-oktabr uchun 12 067,76 so‘m qilib belgilan edi
dollar
Foto: Jonathan Borba / Unsplash

2-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 084,10 so‘m (+16,34 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 24-oktabrda 12 171,03 so‘m etib belgilangan kurs bir kunda 92,74 so‘mga tushdi. 25-oktabrda esa qisqa muddatli o‘sish qayd etilib, 12 219,08 so‘mga ko‘tarildi.

26-oktabrda yana pasayish kuzatilib, dollar 12 199,71 so‘mni tashkil etdi. 29-oktabrda kurs 61,04 so‘mga arzonlashib, 12 138,67 so‘mga tushdi. 30-oktabrda esa pasayish davom etdi va 12 067,76 so‘m qilib belgilandi.

Jadval:

SanaDollar kursi (so‘m)O‘zgarish
24-oktabr12 171,03−92,74
25-oktabr12 219,08+45,05
26-oktabr12 199,71−19,37
29-oktabr12 138,67−61,04
30-oktabr12 067,76−70,91

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 56,61 so‘mga oshib, 14 197,61 so‘mni, rubl esa 1,08 so‘mga oshib, 146,72 so‘mni tashkil qildi.

Dollar nega pasaymoqda?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi mudiri Ikbaljon Kasimovning yozishicha, 2020 – 2024-yillar davomida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi izchil o‘sib borgan bo‘lsa-da, savdo balansining salbiy qoldig‘i saqlanib qolmoqda.

Jumladan, 2024-yilda eksport hajmi 26,94 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Import 38,98 milliard dollarga yetib savdo balansining salbiy qoldig‘i 12,03 milliard dollarga yetgan. Bu holat O‘zbekistonning tashqi savdosida ijobiy o‘sish tendensiyasi bilan birga, importning ustunligini va savdo disbalansi muammosi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek