«Air Samarqand»dagi maosh masalasi nazoratga olindi — vazirlik

eʼlon qilindi
Ish Samarqand shahar sudiga topshirildi
«Air Samarqand»dagi maosh masalasi nazoratga olindi — vazirlik / Foto: «Air Samarqand»

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan «Air Samarqand» aviakompaniyasi xodimlariga oylik maoshlar berilmayotgani yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vaziyat nazoratga olinganini bildirdi.

Bugungi kunga qadar o‘n nafarga yaqin fuqaro iyun–avgust oylari uchun uch oylik maoshlarini ololmaganliklari bo‘yicha shikoyat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 1,5 mlrd so‘mlik da’vo arizalari kiritildi.

Da’vo talablarida kechiktirilgan har bir kun uchun qo‘shimcha pul kompensatsiyasi ham undirilishi so‘ralib, ish Samarqand shahar sudiga topshirildi.

Vazirlik fuqarolarga o‘z mehnat huquqlari buzilganda 1176 qisqa raqami, (71) 200-06-00 ishonch telefoni yoki @munosibmehnat_bot orqali murojaat qilish imkoniyati borligini eslatib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air Samarkand aviakompaniyasi Kursiv Uzbekistan’ga ish haqi kechikishining sabablari haqida izoh bergan edi.

Shuningdek