Ilon Mask $500 milliardlik boylikka erishdi

Tesla va boshqa startaplari tufayli Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib $500 mlrdlik sof boylikka ega bo‘ldi. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, uning boyligi $500,1 mlrdni tashkil etdi, deya yozmoqda Reuters.
Maskning boyligi asosan Tesla aksiyalariga bog‘liq bo‘lib, kompaniya yil boshidan buyon 14% ga o‘sdi. Shuningdek, u yaqinda $1 mlrdlik Tesla aksiyalarini xarid qilib, kompaniya kelajagiga ishonchini bildirdi.
Bundan tashqari, Maskning SpaceX va xAI startaplari ham katta qiymatga yetdi. SpaceX $400 mlrdga, xAI esa $75 mlrdga baholandi. Forbes ro‘yxatida Maskdan keyingi o‘rinni Oracle asoschisi Larri Ellison egallab, uning boyligi $350,7 mlrdni tashkil etdi.
Shunga qaramay, Tesla avtomobillariga talabning pasayishi va foyda marjasining qisqarishi kompaniya aksiyalariga bosim o‘tkazmoqda. Tesla «Magnificent Seven» («Ajoyib Yettilik») texno-gigantlari orasida eng past natijalarni ko‘rsatgan kompaniyalardan biri bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla zavodida robot xodimga hujum qilgani haqida yozgan edik.